Yaxshi so‘zlashga o‘rgan va muloyim so‘zlashdan boshqa narsani odat qilma, negaki qanday so‘zni gapirishni istasang, til shuni gapiradi. So‘zni o‘z joyida so‘zla, joyida aytilmagan so‘z, agar u yaxshi so‘z bo‘lsa ham, yomon ko‘rinadi. Nutqiy mahorat bo‘lgan notiqlik ko‘rinishlari odamlarning kundalik nutqidan, nutqiy faoliyatidan farqlanganligi to‘g‘risida manbalar keltirilgan. chinakam pedagog ham, rahbar ham ma’lum qobiliyatga, ya’ni chuqur bilimga ega bo‘lishi, kasbiy qobiliyat, ma’naviy yetuklik, imidj kabi qator komponentlarga ega bo‘lishi bilan birga professional nutq madaniyati komponentini yaxshi egallashi shart ekan. Yaxshi pedagog yaxshi rahbar bo‘lolmasligi, yaxshi rahbar esa yaxshi pedagog bo‘lolmasligi mumkinligi va uni bartaraf etish yo’llari maqolada ochib berilgan.